ILMIY-TADQIQOT ISHLARI NATIJADORLIGI
“Umumtexnik fanlar” kafedrasining ilmiy-tadqiqot rejasiga asosan kafedra tayanch doktaranti Akbarov Alisher Normatjonovichning 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari ixtisosligida “Takomillashgan beshinchi sinf aylanma kinematik juftlik konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash” mavzusida texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun bajargan dissertatsiya ishini muhamasi o‘tkazildi. Seminarda kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari, doktarantlari ishtirok etishdi. Muhokamada dissertatsiyaning ilmiy yangiligi va o’tkazilgan nazariy va tajribaviy tadqiqotlari doirasida olingan natijalar keng muhokama etildi, seminarda qatnashgan professor-o‘qituvchilar, doktarantlar ham ish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi. Shundan so‘ng, dissertatsiyani dastlabki ekspertizadan o‘tkazish uchun birlashgan ilmiy seminarga topshirishga tavsiya etildi.