Ijarada yashovchi talaba qizlarimizdan xabar olindi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektor Odiljon Jakbarov ijarada turuvchi talaba qizlarning yashash sharoitlarini o‘rganish maqsadida 25 oktyabr kuni ularning ijara xonadoniga tashrif buyurdi. Transport fakultetining 3-bosqich 14-MS-20 guruhida tahsil oluvchi Rasulova Oydinoy hamda Sherqo‘ziyeva Kamolalarning ijara xonadonlaridan xabar olinib, ularning o‘qish va yashash sharoitlarini o‘rgandi. Xonadonning yashashga sharoiti mavjudligi, inventarlar bilan ta’minlangani, qishki mavsumda yashashga tayyorligi masalalari bo‘yicha suhbatlashdi. Talabalar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda ijara bo‘yicha yuz berayotgan yangilik va imtiyozlar ma’lum qilinib, ularni amalda qo‘llash bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.