Iinstitutda boʻlib turgan Respublika ishchi guruhi vakillari Bionika laboratoriyasi faoliyati bilan tanishdi
Transport fakulteti talabasi Oyshahon Qodirova mehmonlarga Bionika laboratoriyasining tarixi va bugungi kuni haqida batafsil hikoya qildi.
Ishchi guruh aʼzolari laboratoriyaga keltirilgan soʻnggi rusumdagi qurilmalar, yangi ishlanmalar va loyihalarni koʻzdan kechirdi. Bu yerda yaratilgan sharoit va imkoniyatlarga yuqori baho berdi hamda talabalarning ushbu yaratilgan sharoitlarga yarasha bilim koʻnikmalarini yanada mustahkamlashi uchun yanada koʻproq ishlash kerakligini taʼkidladi
NamMQI media markazi