Hurmatli talabalar va bitiruvchilar!
Markaziy Osiyo xalqaro instituti qisqa muddatli volontyorlik/stajirovka dasturi (1-3 oy muddatga, uzaytirish imkoniyati bilan) boshlanganini eʼlon qiladi.
Jadval: moslashuvchan.
Maʼlumot uchun: Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan 2020 yilda tashkil etilgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) mintaqadagi sivilizatsiyalar xilma-xilligi va barqaror rivojlanishning zamonaviy jarayonlari boʼyicha fanlararo tadqiqotlar bilan shugʼullanuvchi Markaziy Osiyoda yagona davlat ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Institutda Markaziy Osiyo mintaqasiga tegishli sohalar: iqtisodiyot, energetika, ekologiya, madaniy-gumanitar tadqiqotlar boʼyicha tahliliy faoliyatda tajribaga ega mutaxassislar ishlaydi.
Аsosiy eʼtibor tahliliy fikrlash va axborot bilan ishlash koʼnikmalariga ega boʼlgan iqtidorli va ambitsiyali talabalar va bitiruvchilarga qaratiladi.
Dasturda ishtirok etish sizga dunyoqarashingizni jiddiy ravishda kengaytirish, tahliliy va tadqiqotchilik qobiliyatingizni oshirish, tanishishlar doirangizni kengaytirish imkonini beradi.
Yoʼnalishlar:
- siyosiy tadqiqotlar va mintaqaviy xavfsizlik muammolarini oʼrganish;
- iqtisodiy tadqiqotlar;
- suv-ekologik tadqiqotlar;
- tarixiy-madaniy merosni oʼrganish va gumanitar tadqiqotlar;
- xalqaro hamkorlik;
- jamoatchilik bilan aloqalar (OАV bilan ishlash, SMM va boshqalar);
- АKTni rivojlantirish.
Аriza beruvchilar oʼz rezyumelarini (CV) aloqa maʼlumotlari bilan shu yilning 9 dekabriga qadar hr.iica.uz@gmail.com elektron pochta manziliga yuborishlari kerak.
Tanlovdan oʼtganlar institutda alohida suhbatga taklif qilinadi.