• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Gʻoyaviy tahdidlardan ogoh boʻlaylik!

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar jamiyatda sodir boʻladigan har qanday voqeliklarga oʻzgacha, ruhiy his kechinmalar doirasida munosabat bildiradilar. Qiyinchiliklar vujudga kelganda esa ehtiroslarga beriladilar. Shuning uchun bizning oldimizda turgan muhim masala — yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashdir”, deb qayd etgan.

Darhaqiqat, globallashuv davrida tahdidlar va tazyiqlar xavf tugʻdirmasidan avval ogohlik, daxldorlik tuygʻularini qalblarimizda mujassam etib borishimiz lozim. Jamiyatning tinchligiga va xavfsizligiga raxna soladigan barcha xatti-harakatlar, maʼnaviy, mafkuraviy tahdidlar yoshlar ongini zaharlash, ming yillik sinovlarga dosh bergan xalqimizni haq yoʻldan toydirish, ularni jaholat, buzgʻunchilik, nodonlikka boshlash bilan bor hunarini ishga solyapti.

Yoshlarimizni yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalash orqali yurtimiz farovonlik va taraqqiyotimiz barqaror boʻladi. Shuning uchun ham yoshlarni maʼnaviyatli, komil inson qilib tarbiyalash, davlatimiz siyosatining ustuvor sohasi deb eʼlon qilinganligi bejiz emas.

  • Share :