FVV: O‘zbekiston hududida zilzila oqibatida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar kuzatilmadi
"Avval xabar berganimizdek, bugun 21 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:47 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Ushbu zilzila kuchi O‘zbekiston Respublikasi hududida ham sezildi.
Respublika hududida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar kuzatilmadi. Bino va inshootlarga zarar yetmagan.
O‘z navbatida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan sarosimaga tushmaslikni va vahimaga berilmaslikni so‘rab qoladi".