• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

ESLATMA: TO‘LOV-KONTRAKT MABLAG‘LARINI TO‘LASHNING OXIRGI MUDDATI 20-YANVAR

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilangan.

Bu uzaytirish bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga:

- to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar;
- o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
- va qayta tiklangan talabalar uchun.

Ushbu munosabat bilan, talaba-yoshlardan to‘lov-kontrakt mablag‘larini joriy yilning 20-yanvar kunidan kechiktirmasdan to‘lashlari so‘raladi.

  • Share :