Energiya tejamkorlik yo‘nalishidagi ishlar boshlandi
Bir nechta kun avval Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov boshchiligida o‘tkazilgan muloqotda berilgan topshiriqlari asosida ishlar boshlab yuborildi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filialidagi mutaxassislar hamda OTMlaridagi elektr-energiyasi yo‘nalishidagi o‘qituvchilar hamda talabalar bilan birgalikda Energiya samaradorligi va elektr tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni oldini olgan holda tejamkorlik va elektr energiyasini oqilona hisob-kitoblarini amalga oshirish ishlari boshlandi.
Bugundan boshlab, Namangan viloyatidagi To‘raqo‘rg‘on tumani 110/10 kVli Shirinlik podstansiyasi tanlab olinib, elektr energiya tejamkorligini ta'minlash bo‘yicha ilmiy-texnikaviy o‘rganishlar o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Podstansiyada Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan muhandislik-texnologiya instituti elektr energiyasi sohasining professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda ishchi guruhlar tuzilib, ish jarayonlari boshlandi.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali