Dissertasiya muvaffaqiyatli himoya qilindi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash majlisida NamMQI fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi Gulnoza Majidovaning “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur majlisda Gulnoza Majidova “Potensial to‘siqli yarimo‘tkazgichlarning xarakteristikalariga kuchli elektromagnit to‘lqin, yorug‘lik, harorat va magnit maydonning ta'siri” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi ishini 100 foiz ovoz bilan himoya qildi.
Tabriklaymiz!