«Diqqat, piyoda!» targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi
Namangan viloyatida joriy yil 20 sentyabrdan 1 oktyabrgacha «Diqqat, piyoda!» tadbiri o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan viloyat IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi targ‘ibot avtokarvoni Transport fakultetiga keldi.
Boshqarma vakillari tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, yo‘llarda harakat xavfsizligi qoidalariga rioya etish, haydovchilar va piyodalar zimmasidagi burch hamda majburiyatlar haqida batafsil ma'lumot berdi.
Yo‘llarda harakatlanish tartibini buzish qanday ayanchli oqibatlarga olib kelishi jonli misollar yordamida tushuntirildi.
NamMQI media markazi