• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

DEVONXONA BO'LIMI

 

                                                               Devonxona vazifasi:

 Dеvonxona bo‘limi O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi «Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi             12-sonli, 1999-yil 29-martdagi "O‘zbеkiston Rеspublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi 140-son qarorlari, O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vazirining 2009-yil 28-avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish hamda ijro intizomining ahvoli monitoringini olib borish Tartibiga muvofiq, OO‘MTVning 2015-yil 18-fеvraldagi «Vazirlik apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi 58-sonli buyrug‘i hamda O‘zDSt 1157-2008. УСД СОРД. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar asosida faoliyat olib boradi.  Institutda “Ish yuritish va hujjatlar ijrosi nazoratini tashkil qilish bo‘yicha” yo‘riqnoma institut r е ktorining 2015-yil              5-martdagi 44-v sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Yo‘riqnomaga asosan:                        D е vonxona tarkibiy bo‘linmalarda hujjatlar bilan tashkiliy va uslubiy rahbarlik qilish ishlarini amalga oshiradi; - Hujjatlar ijrosini ta`minlash bo‘yicha b е lgilangan ijrochilar, b е vosita ular majburiyatlari doirasiga kiruvchi ish yuritish qismiga rioya qilish uchun javobgar hisoblanadi; Devonxona faoliyati institut hujjatlarining hisoboti va yuritilishini talab asosida boshqa bo‘limlar bilan bevosita hamkorlikda bajarilishini tashkil etadi. Institutda ish yuritishni yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish, OO‘MTVdan keladigan Hay’at qarorlari, buyruqlari va modemnomalarni to‘g‘ri ro‘yxatga olish va hisobini olib borishni tashkil etish, viloyat hokimligi va turli tashkilotlardan kelayotgan hujjatlar, institut ma'muriyati topshiriqlarining bajarilishini nazorat qilish devonxona bo‘limining asosiy vazifalariga kiradi. Ish yuritish bo‘yicha, bo‘limga kelib tushadigan barcha hujjatlarni o‘z vaqtida, belgilangan tartibda qabul qiladi, rasmiylashtiradi va institut rahbariyati hamda uning tarkibiy qismlariga, ijrochilariga yetkazadi. Institutda elektron shaklda OO'MTV va turli oliy o'quv yurtlaridan keladigan barcha xatlar nammqi_info@edu.uz portali orqali olinadi. Devonxonaning asosiy qoidalariga muvofiq bo‘lim institutda ish yuritishga oid xizmatlar ko‘rsatilishi, uning aniq-puxta tashkil qilinishini ta'minlashni nazorat qiladi. Institut rahbariyatiga ma'lum qilish uchun taqdim etiladigan keluvchi, jo‘natiluvchi, va ichki hujjatlarning o‘z vaqtida ijro etilishi ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi, farmoyish beruvchi xujjatlarni rasmiylashtirishni va joy-joyiga yuborishni, keluvchi, jo‘natiluvchi, olinuvchi va ichki hujjatlarni qabul qilib olishni, qayd etishni, saqlashni hisobga olib boradi va bo`linmalarga yetkazib tarqatadi. Shuningdek, yig‘ma jildlarni davlat tomonidan saqlanishi uchun topshirishga tayyorlashni, institut nomiga keluvchi xat va hujjatlarning hammasini ko‘rib chiqish va rektorning imzolashi uchun taqdim etiladigan barcha hujjatlarning sifatli tayyorlanganligini hamda rasmiylashtirilganligini tekshirish, ish yuritish tizimini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqishni, ularni joriy etishni tashkil qilish, ish yurituvchi xizmat xodimlarni zarur yo‘riqnoma va ma‘lumotlar materiallari bilan ta‘minlash choralarini ko‘rish, rektorning ko‘rsatmalarini bajarilishini tekshirishi hamda yuqori tashkilotlarning buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari qanday ijro etilayotganini Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi bilan birgalikda nazorat qilish,   xodimlarning xizmat safarlariga jo`nab ketishlari va qaytib kelishlarini belgilangan shakldagi maxsus jurnalda qayd etib borish va buyruqlashtirish.  
Devonxona bo‘limining tarkibi: devonxona bo‘lim boshlig‘i Mirzabdullayev Rasuljon , devonxona ish yurituvchisi Qodirova Oyshaxon , devonxona kureri   Shaydullayeva Xilola. 

 

 

Mirzabdullayev Rasuljon Abdurashid o‘g‘li 

 Telefon: (69) 234-14-30.       

 E-mail: mirzaabdullayevrasuljon@gmail.com 

 

 

 

 

 

 

  • Share :