Deputat talaba-yoshlarning taklif va fikr-mulohazalarini tingladi
Namangan muhandislik-qurilish institutida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar boʻyicha yoshlar fikri va munosabatlarini oʻrganishga bagʻishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda OʻzLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi rais oʻrinbosari, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Sardorbek Gʻiyasov, partiya faollari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Deputat hamda yoshlar oʻrtasida kechgan ochiq samimiy ruhdagi uchrashuvda ijtimoiy hayotga oid muammolar hamda yoshlar taʼlimi masalasi muhokama qilindi.
Institut yoshlari nomidan soʻzga chiqqan yoshlar yetakchisi hamda Yoshlar parlamenti aʼzosi Diyorbek Soataliyev institutning faol yoshlari bilan Oliy Majlis binosiga bir kunlik sayohat tashkil etish taklifini bildirdi.
Suhbat soʻnggida deputat tomonidan yoshlarning fikr-mulohazalari hamda takliflarini amalga oshirish mehanizmlari kelishib olindi.