Deputat bitiruvchi yoshlarni NamMQIda tahsil olishga taklif qildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan OʻzLiDeP viloyat kengashi hamkorligida Uchqoʻrgʻon tumani 1-sonli kasb-hunar maktabida targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xudoyberdiyev, institut yetakchisi Diyorbek Soataliyev, bir guruh koordinatorlar, partiya faollari hamda bitiruvchi oʻquvchilar ishtirok etdi.
Yetakchi va koordinatorlar institutda yaratilgan shart-sharoitlar haqida fikr yuritgan boʻlsa, deputat oliygohning respublika darajasidagi oʻrni toʻgʻrisida mulohazalarini bildirib, oʻquvchi-yoshlarni aynan Namangan muhandislik-qurilish institutida tahsil olishga taklif qildi.