Davlatobod tumanidagi madaniyat saroyida “Kreativ ta'lim va innovasiyalar – yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida innovasion g‘oyalar haftaligi boshlandi
Haftalikning ochilish marosimida viloyat hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jaev so‘zga chiqib, haftalik doirasida yoshlar o‘rtasida startap loyihalar tanlovi, ko‘rgazma va seminarlar tashkil etilishi, muqobil energetika, biotexnologiya, kimyo sanoati, robototexnika, materialshunoslik kabi sohalarda olib borilayotgan tadqiqotlar ustuvor yo‘nalishlar sifatida ko‘rilayotganini ta'kidlab o‘tdi.
Namangan muhandislik-qurilish va Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektorlari ramziy lentani qirqib, innovasion haftalik doirasidagi viloyat oliy o‘quv yurtlari ko‘rgazmasini boshlab berdi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan mutasaddilar va mehmonlar, professor-o‘qituvchilar va talabalarda innnovasion g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan NamMQI ko‘rgazmasi ham katta taassurot qoldirdi.
NamMQI media markazi