Davlatobod tumanidagi 52-maktab bitiruvchilari NamMQI bilan tanishdi
Namangan muhandislik-qurilish institutida o‘tgan hafta Davlatobod tumanidagi maktablar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilgan va unda ushbu tuman bitiruvchi sinf o‘quvchilarining institutga tanishish uchun kelishlari borasida takliflar bildirilgandi.
Ushbu takliflardan kelib chiqib, Davlatobod tumanidagi 52-umumta'lim maktabining bir guruh bitiruvchilari institutda bo‘ldi.
O‘quvchilar institut laboratoriyalari, kutubxonasi, axborot texnologiyalari markazi bilan tanishdi va kompyuterlarda ishlab ko‘rdi.
Institut psixologi va faol talabalar bilan muloqotda bo‘ldi. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari bilan tanishdi.
Institutga kelgan yoshlarning aksariyati taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, kelgusida o‘qishni aynan shu yerda davom ettirish istagida ekanliklarini bildirdi.
NamMQI media markazi