Davlat granti bo‘yicha qabul kvotalari tasdiqlandi
“2023/2024 o‘quv yili uchun davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi prezident farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga muvofiq, 2023/2024 o‘quv yili uchun davlat OTMlariga davlat granti kvotalari:
bakalavriat bo‘yicha kunduzgi ta'lim shakliga – 34 860 nafar;
magistratura bo‘yicha – 8 923 nafar etib tasdiqlandi.
Tizimida OTM bo‘lgan vazirlik va idoralar hamda moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar kontrakt asosidagi qabul parametrlarini 2023 yil 20 iyungacha tasdiqlaydi.