"CYBER WEEK" kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Namangan viloyatida joriy yilning 3-9 iyul kunlari Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi hamda manfaatdor idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda “Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi” "CYBER WEEK" kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
"CYBER WEEK" targ‘ibot tadbirlari davomida qo‘yidagi tanlovlarni o‘tkazish belgilangan:
Imkoniyati cheklangan insonlar o‘rtasida “Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanaman” shiori ostida tanlov;
Tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Bank kartasi kodini hyech kimga bermayman” shiori ostidagi tanlov;
“Eng yaxshi kontent” tanlovi;
“Eng faol maktab" tanlovi;
“Eng faol maktabgacha ta'lim muassasasi" tanlovi;
“Eng faol mahalla inspektori” tanlovi;
“Innovatsion yondashuv” tanlovi.
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Tanlov uchun materiallar: https://t.me/Cyber102Bot telegram boti orqali qabul qilinadi.
Eslatma: tanlovlarda faqat Namangan viloyatida yashovchi fuqarolar ishtirok etishi mumkin.