“Bugungi sanani bilasizmi?”
NamMQI media markazi tashabbusi bilan Namangan shahrining markaziy ko‘chalari, bog‘ va xiyobonlarida “Bugungi sanani bilasizmi?” deb nomlangan o‘ziga xos aksiya o‘tkazildi.
Aksiya doirasida institut psixologi Murodjon Nurqulov boshchiligidagi talabalar hamyurtlarimizga murojaat etib, bugungi sana qanday bayram ekanligi haqidagi savol bilan yuzlandi.
Quvonarli tomoni shundaki, 18 noyabr O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i haqidagi qonun qabul qilingan kun ekanligini biladigan hamyurtlarimiz ko‘pchilikni tashkil etdi. Ularga institut nomidan bayram tuhfasi sifatida bayroqlar taqdim etildi.
NamMQI media markazi