“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusidagi davra suhbati o‘tkazildi
NamMQI majlislar zalida Sanoatni axborotlashtirish fakulteti talaba qizlari ishtirokida “Biz zo‘ravonlikka karshimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Muloqotda institut xotin qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzaeva, fakultet xotin-qizlar kengashi raisi Dildora Inamiddinova, Namangan shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchisi Miraziz Mirsoliev, NamMQI profilaktika inspektori Vohidjon Abduqodirov, NamDU profilaktika inspektori Zuhra Karimovaning mavzu bo‘yicha chiqishlari tinglandi. Mazkur chiqishlarda mamlakatimizda xotin-qizlarga nisbatan tahdid, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli tadbirlar olib borilayotgani, ulardan ko‘zda tutilgan maqsad ayollar haq-huquqlari poymol etilishiga barham berish ekanligi misollar yordamida tushuntirildi. Tadbir yakunida talabalarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi.
NamMQI media markazi