"Biz kelajagimizga befarq emasmiz"
NamMQI Mashinasozlik fakultetida Konstitusiyaviy islohotlar va referendum va targ‘ibotiga bag‘ishlangan "Biz kelajagimizga befarq emasmiz" nomli targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda institut yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odiljon Jakbarov, Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari Oybek Ahmedov, institut yoshlar yetakchisi Diyorbek Soataliyev, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.
Mutasaddilarning chiqishlaridan so‘ng talabalarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi.
NamMQI media markazi