Bir o‘ringa 106 nafar da'vogar: NamMQIda qaysi yo‘nalishlarga talab ko‘p bo‘ldi?
Namangan muhandislik-qurilish instituti yangi o‘quv yili uchun abiturientlardan kunduzgi ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha 17814 ta, sirtqi ta'lim yo‘nalishiga 23 995 ta, jami 41 809 ta hujjat kelib tushdi.
Kunduzgi ta'lim yo‘nalishida “Yo‘l harakatini tashkil etish” (bir o‘ringa 17 nafar da'vogar), “Transport logistikasi” (15), “Buxgalteriya hisobi va audit” (14), “Energetika” (14), “Arxitektura” (14), “Foydali qazilma konlari geologiyasi” (14) va “Elektr texnologiyalari” (13) yo‘nalishlariga qiziqish katta bo‘lgan.
Cirtqi ta'limda esa “Iqtisodiyot” yo‘nalishi rekord o‘rnatdi — bir o‘ringa 106 nafar abiturient da'vogarlik qilmoqda.
Keyingi o‘rinlarda “Buxgalteriya hisobi va audit” (79), “Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi” (36), “Elektr energetikasi” (31), “Mashinasozlik texnologiyasi” (28), “Transport vositalari muhandisligi” (26) hamda “Axborot tizimlari va texnologiyalari” (24 ) yo‘nalishlari tashkil etgan.
NamMQI media markazi