Kasb-hunar maktabida mahorat darsi
NamMQI «Axborot tizimlari va texnologiyalari» kafedrasining katta o‘qituvchisi Guligavhar Inamova, dosent Zohidjon Qodirov va o‘qituvchi Muhammadyusuf G‘ofurjonov Namangan shahridagi 1-son kasb-hunar maktabida bo‘lishdi.
Ushbu jarayonda kasb-hunar maktabining bitiruvchi o‘quvchilari bilan targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, ularga «Axborot xavfsizligi va ijtimoiy tarmoqlardagi odob-ahloq qoidalari» mavzusida mahorat darsi o‘tib berildi.
O‘quvchilar oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirish, ta'lim olish va oliy ta'limdan keyingi faoliyat to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.