ATT kafedrasiga 2-son kasb-hunar maktabi tashrifi
Namangan shahar 2-sonli kasb-hunar maktabi “Kompyuter dizayni” yo‘nalishi o‘quvchilari Namangan muhandislik-qurilish instituti “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasiga tashrif buyirishdi. O‘quvchilar institutdagi o‘qish jarayoni, talabalar yutuqlari, kafedraning imkoniyatlari bilan tanishishdi. O‘quvchilar kafedra professor-o‘qituvchilaridan oliy ta’lim muassasalariga kirish, ta’lim olish va oliy ta’limdan keyingi faoliyatlari to‘g‘risida o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.