• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Arxitektura-qurilish sohasida 2 ta universitet tashkil etildi

Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga ko‘ra:

-  Toshkent arxitektura-qurilish instituti Toshkent arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, u muhandislik, arxitektura, qurilish hamda qurilish materiallari texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.

-  Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti sifatida qayta tashkil etilib, madaniy meros ob'ektlarini tiklash, dizayn, arxitektura, qurilish, urbanizasiya va muhandislik yo‘nalishlariga ixtisoslashtiriladi.

Universitetlarda o‘quv jarayonlari davlat, ingliz va boshqa xorijiy tillarda kredit-modul' tizimi asosida olib boriladi va ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yo‘naltirilgan Oliy ilm-fan maktabi tashkil etiladi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab Universitetlarga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Universitetlar tuzilmasida Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor lavozimi joriy etiladi.

2023 yil 1 martga qadar bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarini xalqaro ta'lim va kasb klassifikatorlariga muvofiq maqbullashtiriladi.

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzurida Texnopark, Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida Inkubasiya markazi tashkil etiladi.

  • Share :