• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi vakillari ishtirokida seminar oʻtkazildi

Seminarda Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati rahbari Sunnatulla Rahmonov, Ixtirolar va foydali modellar xizmati rahbari Ikrom Abduqodirov, Tashkiliy nazorat va ish faoliyatini tashkil etish xizmati bosh maslahatchisi Jiyanboy Shamshetov hamda institut professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va soha vakillari ishtirok etdi.

Institut Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Dilshodbek Abduvahobov davra suhbati tarzida tashkil etilgan seminarni ochdi va olib bordi.

Seminarda IMM  vakillari soʻzga chiqib, bugungi kunda muassasada amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi yangiliklar va yutuqlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Davra suhbati tarzida oʻtkazilgan seminarda ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar va doktorantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldi.

  • Share :