Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi vakillari ishtirokida seminar oʻtkazildi
Seminarda markaz direktori Bahodir Saʼdullayev, IMM Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati rahbari Sunnatilla Rahmonov, viloyat adliya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Javlon Qoʻchqorov hamda institut professor-oʻqituvchilari, tadqiqotchilari va soha vakillari ishtirok etdi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev davra suhbati tarzida tashkil etilgan seminarni ochdi va olib bordi.
Adliya vazirligi huzuridagi IMM direktori B.Saʼdullayev va markazning boshqa vakillari soʻzga chiqishb, bugungi kunda muassasada amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi yangiliklar va yutuqlar haqida maʼlumot berib oʻtdi.
Davra suhbati tarzida oʻtkazilgan seminarda ishtirok etgan professor-oʻqituvchilar va doktorantlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.
NamMQI media markazi