Abituriyentlarga 3 tagacha akademik litseyning mos yо‘nalishini tanlash imkoniyati taqdim etilishi mumkin
Bu haqdagi qaror loyihasi muhokamaga qo’yildi. Unga koʻra:
- abituriyentlarga rо‘yxatdan о‘tishda uchtagacha akademik litseyning ta’lim tili bir xil bо‘lgan bittadan mos yо‘nalishini tanlash imkoniyati beriladi;
- abituriyent о‘zi tanlagan hududda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazi yoki Toshkent shahrida) tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi;
- fan olimpiadalari, tanlovlar g‘oliblari va umumta’lim fanlarini о‘zlashtirish sertifikatiga ega bо‘lganlar uchun imtiyozlar qо‘llanadi.