10 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun
O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir deb belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida ta'kidlangan.
Madhiya Mutal Burxonov musiqasi, Abdulla Oripov she'ri asosida yaratilgan.