XALQARO HAMKORLIK BO’LIMI
ERGASHEV ISLOMJON Tel.: +998 88 688 80 81 Fax: +998 69 234 14 30 E-mail: islam.ergashev2016@gmail.com |
Xalqaro hamkorlik bo’limi institutning tashqi aloqalarini muvofiqlashtirib, xorijiy ta’lim muassasalari, tadqiqot markazlari, malaka oshirish institutlari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatish maqsadida tashkil etilgan.
Bo’limning maqsadi:
Bugungi kunda xalqaro standartlarga mos o’quv jarayonining so’nggi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. Shu munosabat bilan Xalqaro hamkorlik bo’limi institut bilan dunyoning boshqa ta’lim muassasalari o’rtasida do’stona, madaniy, o’quv va ilmiy yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatish va ularni takomillashtirib boradi. Shuningdek, u professor-o’qituvchilarning xorijda malakasini oshirish bo’yicha stajirovkalar va qisqa muddatli o’quv kurslari va talabalarning almashinuv dasturlari bo’yicha Erasmus, YUNESCO, “El-yurt umidi” Jamg’armasi, Yevropa Ittifoqi va boshqa ko’plab davlatlar tomonidan e’lon qilinadigan grant va stipendiyali dasturlarda qatnashish borasida maslahatlar beradi.
Bo’limning vazifalari:
• institut tomonidan xorijiy universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o’rnatilgan aloqalarni, jumladan, shartnoma, kelishuv, memorandumlar ijrosini ta’minlash;
• xorijiy mutaxassislar, professor-o’qituvchilar hamda talabalarni institutga tashrifini tashkil qilish;
• ta’lim va o’quv jarayonini takomillashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar jalb qilish;
• xorijiy grantlarni olish bo’yicha professor-o’qituvchilar, izlanuvchilar va tadqiqotchilarning ishtirokiga oid masalalarga ko’mak berish;
• professor-o’qituvchi, tadqiqotchi va ilmiy xodimlarning xorijiy safarlari bo’yicha hujjatlarini rasmiylashtirishda maslahatlar berish;
• professor-o’qituvchi, tadqiqotchi, ilmiy xodim va talabalarning turli xalqaro grant loyiha va dasturlarda, ta’limga oid fondlarda ishtirok etishlari uchun tavsiyalar berish;
• O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpus vakillari bilan o’zaro aloqalarni o’rnatish va kengaytirishdan iborat.
Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan Erasmus dasturlari bo’yicha institut professor-o’qituvchilari Yevropaning nufuzli universitetlarida malaka oshirish va ilmiy izlanishlar olib borish, talabalar esa tahsil olish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Bundan tashqari, institutning hamkorlik doirasini kengaytirish maqsadida xorijiy OTMlar bilan qator ikki tomonlama kelishuv va memorandumlar tuzishga erishildi. Hozirgi kunda ushbu hamkor universitetlar bilan qizg’in hamkorlik faoliyati olib borilmoqda.
So’nggi yillarda Erasmus Mundus dasturining TIMUR va Erasmus+ loyihalari doirasida Ispaniyaning Granada universiteti, Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Avstriyaning Vena tabiiy fanlar universiteti, Germaniyaning Hoenhaym universiteti, Shvetsiya qishloq xo’jalik universiteti, Sloveniya Lyublyana universiteti,Ispaniyaning Granada universiteti,Italiyaning Bolonya universitetlarida institutning 50 dan ortiq professor-o’qituvchilari malaka oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borishgan bo’lsa, 20 dan ortiq talabalar esa turli muddatlarda tahsil oldi. Hozirda esa bo’lim tomonidan bu kabi loyihalar va ularning qatnashchilari sonini oshirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunga kelib, institut х alqaro xamkorlik bo’limi quyidagi mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan memorandumlar, kelishuvlar va hamkorlik shartnomalari imzolashga erishgan:
AVSTRIYA
Vena tabiiy fanlar universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
BELARUS RESPUBLIKASI
Polotsk davlat universiteti
Belarus milliy texnika universiteti
Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti
Belorussiya davlat texnologiya universiteti
Bretsk davlat texnika universiteti
CHEXIYA RESPUBLIKASI
Skoda Avtomobil Universiteti
Chexiya tabiiy fanlar universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
GERMANIYA
Hoenhaym universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
HINDISTON
Swami Vivekanand Subharti University
KIET Group of Institutions
K. J. Somaiya muhandislik va axborot texnologiyalari institute
ISPANIYA
Granada universiteti (Erasmus+ dasturi doirasida)
Las Palmas de Gran Kanariya universiteti
ITALIYA
Bolonya universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
MALAYZIYA
Malaya universiteti
NIDERLANDIYA
Vageningen unversiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
POLSHA
Yan Koxanovski universiteti
Kalisia universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
Adam Mitskevich universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
PORTUGALIYA
Portu Universiteti
ROSSIYA FEDERATSIYASI
M.Bauman nomidagi Moskva davlat universiteti
Novosibirsk davlat texnika universiteti
Novosibirsk davlat arxitektura-qurilish universiteti
Petrozavodsk davlat universiteti
P.A.Kostichev nomidagi Ryazan davlat agrotexnologik universiteti
Qozon davlat agrar universiteti
M.V.Lomonosov nomidagi Shimoliy Arktik federal universiteti
Janubiy-Ural davlat universiteti
SHVETSIYA
Shvetsiya qishloq xo’jalik fanlari universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
SLOVENIYA
Lyublyana universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida)
TURKIYA
Karamanoglu Mehmetbey universitesi
Karabuk universiteti
UKRAINA
Kiev qurilish va arxitektura milliy universiteti
XITOY XALQ RESPUBLIKASI
Wuhan texnologiyalar universiteti
Guilin texnologiya universiteti
Bulardan tashqari, Х alqaro hamkorlik bo’limi DAAD, ITEC, MTCP, KOICA kabi ta’lim va tadqiqot bilan bog’liq stipendiya dasturlari bilan faoliyat olib boradi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkentdagi Erasmus+ milliy ofisi bilan birgalikda va muntazam faoliyat yuritadi.
Shuningdek Yevropaning Times Higher Education (Times Higher Education World University Rankings) va Quacquarelli Symonds jahon reytinglariga kirish bo`yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda