• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYA MARKAZI

RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYA MARKAZI haqida    

Markaz O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.05.2001 yil 230-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.06.2002 yildagi “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to’g’risidagi” 200-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirining “Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligi tizimidagi o’quv muassasalarida axborot texnologiyalari markazlari tashkil etish” to’g’risidagi 23-sonli buyrug’i, 2011 yil 14 yanvarda 2182-sonli buyrug’i bilan O’zbekiston adliya vazirligi tomonidan ro’yxatdan o’tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko’rsatuvchi va o’quv yordamchi xodimlarining namunaviy shtat birliklarini tasdiqlash to’g’risida”gi qaroriga asosan NamMPI rektorining buyrug’i bilan tashkil etildi hamda shtat birliklari belgilandi.    

 Markazning asosiy maqsadi    

  O’zbekiston Respublikasi prezidentining va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining axborot kommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi davlat siyosatini institut professor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalari o’rtasida keng targ’ib qilish, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining bu sohadagi qaror va buyruqlari ijrosini ta’minlashdan iborat.    

Markazning asosiy vazifalari:    

 institutning axborot tizimi va zamonaviy kompyuter tuzilmalari negezida o’quv jarayonini fakultet, kafedra va boshqa bo’linmalarni axborotlashtirish vositalati bilan ta’minlash;     
       institutning ichki axborotlashtirish muammolarini hal qilish, ya’ni o’quv jarayonini, institutning ilmiy va ma’muriy-xo’jalik faoliyatini, oily o’quv yurtlararo faoliyatini va axborotlashtirish sohasidagi xalqaro faoliyatlarini axborot texnologiyalari va manbaalar bilan boyitib borish;     
       axborot texnologiyalarini joriy etish, institut bo’limlarining dasturiy va texnik vositalar bilan jihozlash sohasidagi taklif va loyihalari ekspertizasini qamrab olgan holda axborot texnologiyalarini institutning o’quv jarayoniga hamda boshqa faoliyat doiralariga joriy etish va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish;     
       institut boshqaruvi va o’quv jarayonini axborot bilan ta’minlash maqsadida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda rivojlantirish va joriy etish bo’yicha ishlarni amalga oshirish;     
       professor-o’qituvchilar va xodimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda talabalarga axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan, xususan, internet tizimidan keng ko’lamda o’quv va ilmiy izlanishlar borasida  ish olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;     
       fakultetlarda kompyuter texnikalaridan o’quv jarayonida foydalanishni texnik va uslubiy jihatdan qo’llab-quvvatlash;     
       fakultet va kafedralar uchun yagona tizimga asoslangan elektron ta’lim resurslarini yaratish hamda joylashtirish ishlarini texnik va dasturiy jihatdan ta’minlash;     
       institutning korporativ axborot tizimini dasturiy va texnik jihatdan nazorat qilish va ularni talab darajasida ishlashiga ko’maklashish;      institutning yagona axborot tizimini yaratish va rivojlantirish hamda Respublika va xalqaro tizimga integratsiyalash (yaxlit qilib birlashtirish)ni ta’minlash, xususan, institut bo’limlari, fakultetlari uchun lokal va uzoq masofada joylashgan binolarida, talabalar yotoqxonasidagi kompyuterlarni shu tizimga bog’lash loyihalarini ishlab chiqish va ularni amalga oshirish, tizim infrastrukturasini zamon talablari asosida rivojlantirishni tashkil etish;    

      institut axborot serverlarining dasturiy-texnik kompleksini ishlab chiqish va ularning ishlashini nazorat qilish, unda saqlanayotgan ma’lumotlardan institutning ichki tizimida foydalanish huquqini chegaralash vositalarini ishlab chiqish va joriy etish;     
       institut kompyuter sinflari dasturiy komplekslaridan foydalanishni va ishga layoqatliligini ta’minlash;     
       professor-o’qituvchilar va xodimlarning boshqaruv faoliyatini hamda o’quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish borasidagi malakalarini oshirish tizimini uslubiy ta’minlash;     
       institut tomonidan boshqa tashkilotlar bilan hisoblash ishlari bo’yicha olib borilayotgan o’zaro hamkorlik xo’jalik ishlariga ko’maklashish;     
  institutning avtomatlashtirilgan axborot tizimini manfaatdor bo’lgan fakultet va bo’limlar uchun ular bilan hamkorlikda loyihalash, ishlab chiqish va rivojlantirish;     
       umum institut Internet va Internet-resurslari holatini tahlil qilish, loyihalash, ishlab chiqish va nazorat qilishni tashkil etish;     
  multimediali taqdimotlarni ishlab chiqish, maketlash va taqdimot materiallarini yaratish;     
       umum institut nusxa ko’chirish-ko'paytirish texnikalarining ishlashiga amaliy yordam berish;        

 kommunikatsiya jihozlari, tizimli kommunikatsiya va hisoblash texnikalarini ta’mirlash bazasini yaratish;    

         

 kompyuter tuzilmalarining tizim ishini testlash va tahlil qilish uslublarini ishlab chiqish;    

         

 axborot resurslari, kommunikatsiya markazi, intellektual kompyuter sistemasi markazlari tomonidan o'quv jarayoni va faoliyatning boshqa turlarini axborotlashtirish maqsadida bajarilayotgan ishlarni, shuningdek, institutning axborot-kommunikatsiya tizimi bilan o’zaro hamkorlikni talab qiladigan ishlarni operativ (tezkor) ravishda o’zaro muvofiqlashtirish;    

      videokonferentsiya, videomaslahatlar va videobahslar o’tkazishda foydalanuvchi va tinglovchilarga amaliy yordam berish;     
       kompyuter sinflari va lokal tarmoqda axborotlar xavfsizligini ta’minlash;     
       ishga yaroqsiz orgtexnika vosilariga texnik xulosa berish;     
       Markazning faoliyati va maqsadlariga mos keladigan loyihalar bo’yicha Fan va axborot texnologiyalar markazi hamda chet el grantlariga e’lon qilingan konkurslarda qatnashish;     
       O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari hamda mazkur Nizom talablari doirasida faoliyatning boshqa turlarini olib borish.    

    Barchamizga ma`lumki axbоrоtlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisоdiyot va jamiyat hayotining barcha sоhalarida zamоnaviy axbоrоt texnоlоgiyalarini, kоmpyuter texnikasi va telekоmmunikatsiya vоsitalarini оmmaviy ravishda jоriy etish hamda ulardan fоydalanish, fuqarоlarning axbоrоtga оrtib bоrayotgan talab-ehtiyojlarini yanada to’liqrоq qоndirish, jahоn axbоrоt hamjamiyatiga kirish hamda jahоn axbоrоt resurslaridan bahramand bo’lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharоitlarni yaratish maqsadida hukumatimiz tоmоnidan bir necha qоnun, 20 dan оrtiq farmоn va qarоrlar qabul qilingan hamda hоzirgi kunda ijrоsi ta`minlanmоqda.    

     Institutimizda ham Axbоrоt-kоmmunikatsiya texnоlоgiyalarini jоriy etishni yanada rivоjlantirish bo’yicha bir qatоr ishlar amalga оshirilib kelinmоqda.    

       Jumladan, institut barcha оliy ta`lim muassasalari bilan hamda ОO’MTV bilan оptik tоlali tarmоq оrqali yagоna kооrpоrativ tarmоqqa ulangan, instititutning 3-o’quv binоsida 200 o’ringa mo’ljalllangan videоkоnferentsiya zali tashkil etildi va undan samarali fоydalanilmоqda.    

      O’quv jarayonini samaradоrligini оshirish maqsadida bugungi kunda institutda 620 ta dan оrtiq zamоnaviy rusumdagi kоmpyuterlar mavjud. Ushbu kоmpyuterlarning 560 ta dan оrtig’i ichki va internet tarmоg’iga ulangan. Amaldagi me`yor bo’yicha har 100 nafar talabaga 15 ta kоmpyuter texnikasi to’g’ri kelishi kerak. Institutimizda esa har 100 nafar talabaga 15 ta dan оrtiq kоmpyuter texnikasi to’g’ri keladi. Bundan tashqari institutda 45 ta videоprоektоr va 4 ta elektrоn dоska (УЧИТЕЛЬ-60 bilan birgalikda) hamda 10 ta Wi-Fi rоuter (simsiz internet bilan ta`minlash maqsadida) qurilmalari o’rnatilgan. Ta`lim sifatini yanada оshirish uchun institutning o’quv auditоriyalariga 40 dan ziyod videоkuzatuv tizimi o’rnatilgan.    

      Institut 2 ta HP ProLiant ML350 G6 rusumidagi zamоnaviy server kоmpyuteri bilan jihоzlangan va barcha bo’limlar, kafedralar, dekanatlar, o’quv auditоriyalari, axbоrоt-resurs markazi institutning yagоna lоkal tarmоg’iga birlashtirilgan hamda vazirlikning kоrpоrativ tarmоg’iga ulangan.    

        Fоydalanuvchilarning lоkal va glоbal tarmоqlardan fоydalanishdagi mas'uliyatlarini оshirish maqsadida axbоrоt xavfsizligi, tarmоqlardan fоydalanish tartiblari bo’yicha yo’riqnоma ishlab chiqilgan va bu yo’riqnоma bilan barcha fоydalanuvchilar tanishtirilgan hamda yangi ishga kiruvchi tarmоq fоydalanuvchilarini ushbu yo’riqnоma bilan tanishtirish yo’lga qo’yilgan.    

Markaz quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:    

1. Axborot tizimlarini joriy etish bo’limi     
 2. Axborot xavfsizligini ta’minlash bo’limi     
 3. Texnik qo’llab quvvatlash bo’limi     
 4. Tarmoqlarni boshqarish bo’limi     

Axborot tizimlarini joriy etish bo‘limi vazifalari:    


 Institutdagi mavjud kompyuter texnologiyalarining dasturlarini to‘g‘ri ishlashini nazorat qilish;     
 Axborot tizimlari yaratish uchun talablarini ishlab chiqish;     
 Axborot tizimilari konsepsiyasini ishlab chiqish;     
 Axborot tizimlari uchun texnik topshiriq ishlab chiqish;     
 Axborot tizimlari yaratish uchun eskiz loyhasini tayyorlash;     
 Texnik topshiriq loyihasi asosida axborot tizimini yaratish;     
 Axborot tizimidan foydalanish yo‘riqnomasini ishlab chiqish;     
 Axborot tizimini ishga tushirish va texnik qo‘llab quvvatlash.    

Axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘limi vazifalari:    


 Institut оliy ta’lim muassasasida axborot xavfsizligini ta’minlaydi;     
 Institutda axborot tizimlari resurslari va ma’lumotlar bazalarining axborot xavfsizligini ta’minlaydi;     
 Institutda axborot xavfsizligiga paydo bo‘layotgan tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek, axborotlarni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatadi;     
 Qonun buzuvchilarni tahlil qilish, identifikatsiyalashda, axborotlar makonidagi ruxsatsiz yoxud buzuvchi harakatlarni amalga oshirishda foydalaniladigan metodlar va vositalarni tahlil qiladi;     
 Internet tarmog‘i milliy segmentida axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olish bo‘yicha o‘zaro amaliy ishlarni tashkil etish maqsadida axborot xavfsizligi sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantiradi.    

Texnik qo‘llab quvvatlash bo‘limi xodimlarini vazifalari:    


 Institut tarkibiy bo‘limlarini kompyuter va tashkiliy texnika vositalari extiyojini o‘rganish;     
 Institut tarkibiy bo‘limlarini kompyuter va tashkiliy texnika vositalari extiyoji asosida istiqbolli rejalar ishlab chiqish uchun taklif kiritish;     
 Institut tarkibiy bo‘limlaridagi barcha kompyuter va tashkiliy texnika vositalarini profilaktika rejasini ishlab chiqish;     
 Tushgan buyurtmalar bo‘yicha kompyuter va boshqa tashkiliy texnika vositalarini ta’mirlash nazorat qilish;     
 Texnika vositalar (kompyuter, tashkiliy texnika audio-videotexnika) uzluksiz va ishonchli ishlashini ta’minlash;     
 Texnik vositalar ishlatilish jarayonida yuz bergan nosozliklarni tezkor bartaraf etish chora tadbirlarini ishlab chiqish;     
 Texnika vositalar barcha qurilmalarini uzluksiz ishlashini doimo nazorat qilib turish;    

Tarmoqlarni boshqarish bo‘limi vazifalari:    


 “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘i boshqaruvi faoliyatini tashkil etadi va nazoratini olib boradi;     
 Institutda telekommunikatsiya infratuzilmasi faoliyati nazoratini olib boradi;     
 Institutda ma’lumotlarni qayta ishlash va uzatish markazining (Data sentr) profilaktikasini olib boradi;     
 Institutda ma’lumotlar bazalari, serverlar hamda tarmoqlari bo‘yicha umumlashgan ma’lumotlarni tayyorlaydi;     
 Institutda tarmoqlararo ekran faoliyatini nazorat qiladi;     
 Institutda axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida xodimlarning axborot tarmog‘idan foydalanish va ulanish huquqlarini belgilaydi;     
 “Videokonferensiya qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish ishchi guruhi”iga a’zolik qiladi;    

 

Muxammadjonov Komiljon Olimjonovich

har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.

Telefon: 99 535 75 59        

E-mail:  komiljon5909@mail.ru

Ma'lumotnoma:  Yuklab olish


 

  • Share :