Institut “Qalqon” jamoasi Yangiqoʻrgʻonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi xonadonini yoʻqladi
Institut “Qalqon” jamoasi Yangiqoʻrgʻonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi xonadonini yoʻqladi
Institut yoshlar yetakchisi Diyorbek Soataliyev boshchiligidagi “Qalqon” jamoasi 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Poromon qishlogʻida boʻlib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Muhammadibrohim ota Inomov xonadonini yoʻqladi.
Hozirda 105 yoshni qoralagan Muhammadibrohim ota 1941-yili, 19 yoshida oʻzbek otliq askarlari diviziyasi safiga qoʻshilgan. Stalingrad, Qrim, Ukraina, Polsha shaharlarini ozod qilishdagi janglarda qatnashgan. Vatan ozodligi, yurt tinchligi, xalq farovonligi yoʻlida mardlarcha xizmat qilgan.
1947-yilda qishloqqa qaytib, maktabda oʻqituvchi sifatida faoliyatini boshlagan. Faoliyati davomida qishloqdagi koʻplab yoshlarni oliy ma’lumotli boʻlishiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan. Muhammadibrohim Inomov 1985-yilga qadar yosh avlodga bilim bergan. Hozirgi kunda farzandlar parvarishida qarilik gashtini surmoqda!
Ota institut qalqonchilariga urush yillari xotiralarini soʻzlab berdi, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan barchani tabrikladi, bugungi tinch-osuda hayot uchun shukronalar keltirdi, duoga qoʻl ochdi.