• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut “Qalqon” jamoasi Yangiqoʻrgʻonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi xonadonini yoʻqladi

Institut “Qalqon” jamoasi Yangiqoʻrgʻonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi xonadonini yoʻqladi

Institut yoshlar yetakchisi Diyorbek Soataliyev boshchiligidagi “Qalqon” jamoasi 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan Yangiqoʻrgʻon tumanidagi Poromon qishlogʻida boʻlib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Muhammadibrohim ota Inomov xonadonini yoʻqladi.

Hozirda 105 yoshni qoralagan Muhammadibrohim ota 1941-yili, 19 yoshida oʻzbek otliq askarlari diviziyasi safiga qoʻshilgan.  Stalingrad, Qrim, Ukraina, Polsha shaharlarini ozod qilishdagi janglarda qatnashgan. Vatan ozodligi, yurt tinchligi, xalq farovonligi yoʻlida mardlarcha xizmat qilgan.

1947-yilda qishloqqa qaytib, maktabda oʻqituvchi sifatida faoliyatini boshlagan. Faoliyati davomida qishloqdagi koʻplab yoshlarni oliy ma’lumotli boʻlishiga oʻzining salmoqli hissasini qoʻshgan. Muhammadibrohim Inomov 1985-yilga qadar yosh avlodga bilim bergan. Hozirgi kunda farzandlar parvarishida qarilik gashtini surmoqda!

Ota institut qalqonchilariga urush yillari xotiralarini soʻzlab berdi, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan barchani tabrikladi, bugungi tinch-osuda hayot uchun shukronalar keltirdi, duoga qoʻl ochdi.

  • Share :