O'QUV USLUBIY BOSHQARMA
Boshqarma faoliyati haqida ma’lumot:
O‘quv-uslubiy boshqarma - o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni va Davlat ta’lim standarlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosиda faoliyat olib boradi.
O‘quv-uslubiy boshqarma институт ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.
O‘quv-uslubiy boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
Institut ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, institut tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
Institutda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
Institut fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
Institut ta’limini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va institut Kengashiga tavsiya qilish;
Institut fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va институт ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
Talabalar davomatini tahlil etish;
Institut professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
Institutdagi barcha fakultetlar va magistraturada nazorat турларини tashkil yetish va tahlil qilish;
Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
Institutda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
Institut fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
Institut qoshidagi texnikumlarda o‘quv jarayonlarini tashkil etishda ishtirok etish;
O‘quv-uslubiy boshqarmada boshliq, boshliq o’rinbosari, uslubchi, kredit sektori, inspektor, dispetcherlar faoliyat olib boradi.
Boshqarma quyidagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:
Kadrlarni tanlash va joy – joyiga qo’yish;
Kadrlarga mehnat taqsimoti bo’yicha vazifalar berish va bajarilishini nazorat qilish;
Ta’lim yo’nalishlari va mutaxasisliklarda nazariy o’qish, attestatsiyalar, malakaviy amaliyotlar, YaDA, BMI va MD larni o’quv jarayoni jadvali bo’yicha tashkil etish;
Kafedralarning o’quv yuklamasi va shtat birligini aniqlash va tasdiqlash;
Ta’lim yo’nalishlari va mutaxasisliklarida o‘quv me’yoriy xujjatlarni mavjudligini tahlil qilib borish;
Qayta tayyorlash va malaka oshirish rejasi bo’yicha tinglovchilarni mintaqa tarmoq va BIMMga o’z vaqtida jo’natish;
Ochiq lektsiyalar tashkil etish va o’tkazilishini nazorat qilish;
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, hay’at qarorlarida qo’yilgan talablarni o’quv jarayoniga joriy etish va modemogrammalarga ko’rsatilgan muddatlarda javoblarni taqdim etish;
O’quv jarayoniga taalluqli ishlar bo’yicha rektor buyrug’i loyihasini tayyorlash;
Institut rektori va o’quv ishlari prorektori bergan ko’rsatmalarni o’z muddatida bajarish;
Namanuviy o’quv rejalar asosida ishchi o’quv rejalarni shakllantirish;
Ishchi o’quv rejalar asosida dekanat ishchi o’quv rejalarini tayyorlash va o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirish;
O’quv jarayoni jadvalini ishlab chiqish qo’shimcha hamda o’zgartirishlar kiritishga taklif kiritish;
Kafedralar o’quv yuklamasini aniqlash qoidalari, professor-o’qituvchilarning o’quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me’yorlari ish turlari bo’yicha 1-17 bandlari talablariga qat’iy amal qilish;
Kafedralarning o’quv yuklamasini aniqlash, professor-o’qituvchilarning o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, “ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari talablariga binoan shaxsiy ish rejalarni to’ldirilishini nazorat qilish
Kafedralar o’quv yuklamasi asosida институт shtat birligini shakllantirish va rektor buyrug’i loyihasini tayyorlash;
Tanlov fanlari bo’yicha rektor buyrug’i va Kengash qarori loyixasini tayyorlash;
Vakant (bo’sh) shtatlar birligini tahlil qilib borish va to’ldirish uchun taklif berish;
Ta’lim yo’nalishiga ma’sul kafedra fanlarning ўқув услубий таъминоти bo’yicha monitoring olib borish;
Talabalar o’qishini ko’chirishni va tiklash jarayonida akadem ma’lumotnoma, fanlardan farqni aniqlash asosida qaydnomalarni me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq rasmiylashtirish va imzolashga ma’suldir.
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Hay’at Qarori, vazir buyruqlari asosida rektor buyruq loyihalarini tayyorlash;
Modemmogrammalarga, yuqori tashkilotlardan kelgan xatlarga va fuqarolardan tushgan murojaatlarga o’z vaqtida javob berish;
Kafedralarda o’quv uslubiy majmualarning mavjudligi bo’yicha monitoring o’tkazish va natijalari haqida o’quv ishlari prorektoriga yozma axborot berish.