• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

O‘quv-seminarda ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalar muhokama qilindi

    Tasdiqlangan grafik asosida 22 sentyabr kunlari “Fizika” va “Kimyoviy texnologiya” kafedralarida 23 sentyabr kuni “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedralarining professor-o‘qituvchilariga o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 

     Seminarlarda “Kafedra xaftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari holati, 2022-2023 o‘quv yilida tashkil etiladigan “Ochiq darslar”ning  ZOOM platformasi hamda  Youtube sayti orqali translyasiya qilishni tashkil etish va  dars sifatiga qo‘yiladigan talablar, o‘quv mashg‘ulotlarida talabalar faolligini ta'minlash kabi muhim mavzularda davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

  • Share :