O‘quv-seminarda ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalar muhokama qilindi
Tasdiqlangan grafik asosida 22 sentyabr kunlari “Fizika” va “Kimyoviy texnologiya” kafedralarida 23 sentyabr kuni “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedralarining professor-o‘qituvchilariga o‘quv-seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Seminarlarda “Kafedra xaftaligi”ni o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari holati, 2022-2023 o‘quv yilida tashkil etiladigan “Ochiq darslar”ning ZOOM platformasi hamda Youtube sayti orqali translyasiya qilishni tashkil etish va dars sifatiga qo‘yiladigan talablar, o‘quv mashg‘ulotlarida talabalar faolligini ta'minlash kabi muhim mavzularda davra suhbati bo‘lib o‘tdi.