Institutda “Odam savdosi, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Unda Yangi Namangan tumani IIB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori Rasilya Ibragimova, institut Ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Shokir Mirziyoyev, institut psixologi Murodjon Nurqulov, institut profilaktika inspektori Sirojiddin Shergʻoziyev, Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Yelena Musayeva va fakultet talabalari ishtirok etdi.