Institut dotsentining «Kompyuter dasturlari asosida binolarni loyihalash (BIM texnologiyalari)» kitobi chop etildi
Institut Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi dotsenti Muhammadali Husainovning «Kompyuter dasturlari asosida binolarni loyihalash (BIM texnologiyalari)» darsligi nashrdan chiqdi.
Mazkur darslik magistratura mutaxassisliklari, shuningdek, qurilish va arxitektura yoʼnalishida tahsil olayotgan talabalar, qurilish va loyihalash tashkilotlarining mutaxassislari uchun moʼljallangan boʼlib, kompyuterda loyihalashning eng yangi texnologiyasi – binolarni informatsion modellashtirish asoslarini oʼrganishga bagʼishlangan yangi avlod adabiyoti hisoblanadi.
Eʼtiborli jihati shundaki, yangi texnologiyalarni oʼquv jarayonida qoʼllashga oid mazkur kitob respublika miqyosida birinchilardan boʼlib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining ruxsatnomasi asosida aynan institutimiz olimi tomonidan taqdim etildi.