Institutda “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” nomli navbatdagi tadbir tashkil etildi
Tadbirda viloyat bojxona bosh boshqarmasi boʻlim boshligʻi, podpolkovnik Sevara Xamdamova, mayor Anastasiya Ataxanova, IIB profilaktika inspektori mayor Zuhra Karimova institut xotin-qizlar kengashi raisi S.Atamirzayeva, fakultetlardagi kengashlar raislari, Mashinasozlik va Transport fakultetlari talaba qizlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikni oldini olish, zoʻravonlikka uchragan ayollarni himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar xususida mutaxassislar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Talabalar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan toʻliq javob oldilar.