Institutda viloyat YHXB vakillari bilan hamkorlikda targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Institutda viloyat YHXB vakillari bilan hamkorlikda targʻibot tadbiri oʻtkazildi
Mashinasozlik fakultetida “Yoshlar haftaligi” doirasida viloyat IIB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda YHXB axborot xizmati boshligʻi Botir Boymirzayev talabalarga yoʻl harakati qoidalariga kiritilgan oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berdi.
Shuningdek, boshqarma vakillari tomonidan Yangi yil bayrami arafasida pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv yakunida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.