Yangi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari II to‘plami
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi sharoitlarida investitsion jarayonlar milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga, hududlarda va korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Ularning amalga oshirilishi yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, aholi bandligini va farovonligini oshirishni ta’minlaydi. Shuning uchun 2022 - 2026 yillarda O’zbekiston Respublikasi Taraqqiyoti strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar uzoq vaqtga mo‘ljallangan fundamental maqsadlarni o‘rtaga qo‘yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo‘llarini belgilashni ham o‘z ichiga olmoqda. Bular orasida ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar negiziga ko‘chirish va samaradorligini to‘xtovsiz oshirib borish eng ahamiyatlidir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash, eng avvalo, real investitsion jarayonlarga tayanadi va katta miqdordagi investitsiya resurslarini talab etadi. Bunda investitsiyalarni moliyalashtirishning ichki va tashqi manbalaridan unumli hamda uyg‘un ravishda foydalanish, shu bilan birga, xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar va tadbirkorlarning investitsion faolligini har tomonlama ta’minlash zarur bo‘ladi. Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha sohalariga real investitsiyalarni kengaytirish yuzasidan faol siyosat yuritilishi va salmoqli tadbirlarning amalga oshirilishi bu borada ijobiy natijalar bermoqda.
Hozirgi kunda yalpi ichki mahsulotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi va yuksak makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar asosan jiddiy tarkibiy o‘zgarishlar va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga ta’minlanishi talab etilmoqda. Mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy strategiya uzoq vaqtga mo‘ljallangan fundamental maqsadlarni o‘rtaga qo‘yish bilan bir qatorda, bu maqsadlarga erishish vositalari, yo‘llarini belgilashni ham o‘z ichiga oladi. Bular orasida ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar negiziga ko‘chirish va samaradorligini to‘xtovsiz oshirib borish eng ahamiyatlidir.
Davlat innovatsion muhitni vujudga keltirar ekan, huquqiy asoslarni hamda innovatsion faoliyatni amalga oshirish me’yorlarini belgilaydi. Qulay innovatsion muhitni yaratish innovatsion jarayon qatnashchilari uchun ma’lum imtiyozlar belgilab qo‘yilishini, yangi texnika va texnologiyani o‘zlashtirish vaqtidagi ortiqcha xarajatlarni qisman qoplab berilishini, innovatsion-investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun imtiyozli kreditlarni, innovatsion xatarlarni sug‘urtalash tizimini o‘z ichiga qamrab oladi. Chunonchi 2022 yilda mikrofirma va kichik korxonalar uchun soliq to‘lovlari stavkalarining kamaytirilishi xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar investitsiya faoliyatining kengayishiga xizmat qiladi. Buning natijasida mablag‘larni, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni texnologik yangilash va zamonaviy texnikani joriy etishga yo‘naltirish imkoni yanada kengaydi.