Yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi
Tadbir avvalida davlat madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng tabrik uchun so‘z institut rektoriga berildi.
Rektor talabalar va ularning ota-onalarini Mustaqillikning 31 yilligi va yangi o‘quv yili boshlangani bilan tabrikladi. Institut ostonasini ilk bor hatlab o‘tgan talabalarga muvaffaqiyatlar tiladi.
Bugungi tadbirga birinchi kurs talabalarining ota-onalari ham kelgandi. Ular nomidan peshqadamlar safida o‘qishga kirgan Durdona Umarjonovaning onasi Gulchehra Qodirova so‘z oldi. U farzandi aynan shu oliy o‘quv yurtini tanlaganidan benihoya mamnun ekanligini bildirdi.
NamMQI Iqtisodiyot va boshqaruv fakulьtetiga davlat granti asosida birinchi o‘rinda qabul qilingan Samandar Siddiqjonov esa ushbu muvaffaqiyati oliy o‘quv yurtidagi yutuqlarining debochasi bo‘lishidan umidvor ekanligini ta’kidladi.
Bayram tadbiri najot bilimda ekanligiga urg‘u berilgan she’riy chiqishlar bilan yakunlandi.
NamMQI media markazi