Rossiyaning Lomonosov nomidagi Severniy (Arktik) federal universiteti delegatsiyasi mehmon bo‘ldi
2010 yilda tashkil topgan va asosiy ofisi Arxangelьsk shahrida joylashgan mazkur universitet bugungi kunda 7 ta oliy maktab, 2 institut, 3 filial va 3 kollejni o‘z ichiga oladi. Jami 15 mingdan ortiq talaba tahsil oladi.
Universitetning axborot siyosati, xalqaro va mintaqalararo hamkorlik bo‘yicha prorektori, tarix fanlari doktori Konstantin Zaykov oliy o‘quv yurti haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, SAFU faoliyati to‘g‘risida hikoya qiluvchi rolik namoyish etildi.
NamMQI mutasaddilari bilan muloqot chog‘ida ikki oliy o‘quv yurti o‘rtasida aloqalarni yanada mustahkamlash, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish xususida so‘z bordi va dastlabki kelishuvlarga erishildi.