• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Paralimpiya oʻyinlari chempioni bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Namangan muhandislik-qurilish institutida Paralimpiya oʻyinlari chempioni Tolibboy Yoʻldoshev bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Muloqotni institut rektori Sharifjon Ergashev ochib berdi va mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.

Oʻzbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Nabixon Abdugʻaniyev Namanganda paralimpiya sport turlariga berilayotgan eʼtibor, buning natijasida viloyatda Tolibboy Yoʻldoshev, Nurxon Qurbonova, Kumush Xoʻjayeva kabi yulduzlar yetishib chiqayotgani haqida gapirib oʻtdi.

Talabalar uchun  Tolibboy Yoʻldoshev haqidagi lavha namoyish etildi, maʼlumotlar berib oʻtildi.

Chempion talabalar bilan muloqotga kirishib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Oldiga qoʻyilgan asosiy maqsad 2028-yili Los-Anjelesda boʻlib oʻtadigan Paralimpiya oʻyinlarida munosib ishtirok etish ekanligini taʼkidladi.

Yakunda Tolibboy Yoʻldoshevga institut nomidan tashakkurnoma, sovgʻalar topshirildi, esdalik uchun suratlarga tushildi.

  • Share :