"Kitob karvoni" loyihasi oʻtkazildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti Besh tashabbus loyihalari koordinatori Ahmadjon Muxtorjonov tomonidan "Kitob karvoni" loyihasi tashkil etildi.
Loyiha davomida institut prorektorlari, fakultet dekanlari, boʻlim boshliqlari, kafedra professor-oʻqituvchilariga oʻzbek tiliga oid izohli lugʻatlar, maqollar, siyosiy-huquqiy va ijodiy toʻplamlar taqdim etildi.
Loyihadan koʻzlangan maqsad professor-oʻqituvchilar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish hamda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida ish yuritishni oʻrgatishdan iborat.