“Jadidlar” to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Tadbirni institut rektori ochib berdi. U ushbu to‘plamning barcha, xususan, yoshlar uchun ahamiyatiga to‘xtalar ekan, o‘tgan asr avvalida faoliyat olib borgan va istibdod qurboni bo‘lgan jadidlarning hayoti bugungi avlod uchun ibrat maktabi ekanligini ta’kidladi.
Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov agentlik tashabbusi bilan chop etilgan ushbu kitoblar NamMQI kutubxonalaridan o‘rin olishi va talabalar tomonidan qo‘lma-qo‘l bo‘lib o‘qilishiga umid bildirdi. Yoshlarning mazkur to‘plam va bugungi jarayonlar haqidagi savollariga javob berdi.
Endi “Jadidlar” to‘plamini institut axborot-resurs markazlari va fakulьtetlarning ma’naviyat-ma’rifat xonalaridan izlab topib o‘qish mumkin bo‘ladi.