Institutda “Odam savdosi, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi
Unda Yangi Namangan tumani IIB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektori Rasilya Ibragimova, institut Ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Shokir Mirziyoyev, institut psixologi Murodjon Nurqulov, institut profilaktika inspektori Sirojiddin Shergʻoziyev, Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Yelena Musayeva va fakultet talabalari ishtirok etdi.
Mutaxassislar tomonidan davra suhbati mavzusiga doir talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.
Ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, shuningdek, yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishning oldini olish yuzasidan bir qator maʼlumotlar keltirildi.