• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Institut talabalarining takliflari tinglandi

Viloyatimizda boʻlib turgan Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati ishchi guruhi ishtirokida Namangan muhandislik-qurilish instituti yoshlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotda Yoshlar ishlari agentligi Markaziy apparati bo‘lim boshlig‘i Ismoil Mirzaraimov va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahrorbek Akbarov ishtirok etishdi.

Tadbir davomida talabalar ta’lim sifatini oshirish, infratuzilmani rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni o‘quv jarayonlariga joriy etish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha o‘z takliflarini ilgari surishdi.

Bildirilgan tashabbuslar asosida maxsus harakat rejasi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan boʻlib, ishchi guruh aʼzolari yoshlarning fikrlarini yuqori baholab, ularni amalga oshirish uchun zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladilar.

  • Share :