• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

"Eng yaxshi talaba" tanlovi

Tanlovda Namangan muhandislik-qurilish institutida    kunduzgi ta'lim shaklida o'qib kelayotgan nogironligi (1-2-guruh) bo'lgan talabalari ishtirok etishi mumkin.    Tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o'zlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati, erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o'rnak bo'ladigan jihatlari va jamoat ishlaridagi faoliyatiga alohida e'tibor qaratiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun kerakli hujjatlar

Tanlov g'oliblari universitet bosqichida quyidagicha taqdirlanadi:

1-o'rin 3 000 000 so'm

2-o'rin 2 400 000 so'm

3-o'rin 1 800 000 so'm

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalar ariza va hujjatlari Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari tomonidan    25-oktabr kuniga qadar qabul qilinadi.

Tanlov nizomi

 

 

  • Share :