14-yanvar—Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Namangan muhandislik-qurilish institutida 14-yanvar—Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi
Tadbirni institut rektori Sharifjon Ergashev ochib berdi va yigʻilganlarni bayram bilan qutladi.
Institutda xizmat qilayotgan sobiq harbiylar, huquq-tartibot idoralari hodimlariga sovgʻalar topshirildi.
Institut xotin-qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzayeva ishtirokchilarni ayollar nomidan qutladi. Professor-oʻqituvchi ayollar va talaba qizlar ijrosida sheʼrlar va qoʻshiqlar yangradi, raqslar ijro etildi.
Vatan himoyachilari kuni arafasida oʻtkazilgan harbiy-sport oʻyinlari gʻolib va sovrindorlari taqdirlandi.
Institut vakillarining harbiy xizmat bilan bogʻliq fotolari namoyish etilib, oʻziga xos viktorina oʻtkazildi, qiziqarli sport bahslari oʻtkazildi.
Viloyat teatri xonandalari oʻzlarining dilbar kuy-qoʻshiqlari bilan bayram tadbiriga fayz kiritdi.