Sud`yalar ishtirokida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi
NamMQI talabalar turar-joyida sudьyalar ishtirokida yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi Tadbirni institut rektori qisqacha kirish so‘zi bilan boshlab berdi va talabalarni bu kabi muloqotlardan ko‘proq ozuqa olishga chaqirdi.
Davra suhbatida so‘z olgan jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi sudьyasi Ilyos Usmonov yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik statistikasini tahlil etar ekan, ular safida talabalar, xususan, NamMQI talabalari ham borligini afsus bilan qayd etdi.
Tadbirda bunday salbiy holatlarni oldini olishda institut jamoasi, talabalar va ularning ota-onalarining o‘zaro hamkorligi nihoyatda zarur ekanligi ta’kidlandi.